O‘zbekiston | 09:47 / 27.04.2018
10714
3 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligi transporti va texnikasi 2021 yilga qadar bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA'da e'lon qilindi.

2018 yil 1 iyuldan: 

barcha fermer va dehqon xo‘jaliklarining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga (Kengash) a'zoligi majburiy, tomorqa yer egalari uchun esa ixtiyoriy hisoblanadi; 

fermer va dehqon xo‘jaliklarining Kengashda a'zoligining tugatilishi yerga egalik qilish, undan doimiy yoki muddatli foydalanish uni ijaraga olish huquqi bekor bo‘lishi uchun asos bo‘ladi; 

Kengashlar qishloq xo‘jaligida shartnoma majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan monitoring hamda jamoat nazoratini amalga oshiradi;

dehqon xo‘jaligi va 4 sotixdan kam bo‘lmagan tomorqa yerida band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga yiliga eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida sug‘urta badali to‘langan taqdirda, sug‘urta badali to‘langan yil mehnat stajiga kiritiladi; 

Kengash tizimida ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘liq to‘lanadi; 

fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov 5 foiz miqdorida to‘lanadi. 

Qaror bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun jihozlar, qishloq xo‘jaligi texnikasi hamda qishloq xo‘jaligi transport vositalari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha 2021 yil 1 yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lovlardan tashqari);
 
“Tomorqa xizmati” MChJ yoki fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan kasanachilik shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan tomorqa yer egalari – jismoniy shaxslar ularning kasanachilik faoliyati doirasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan ozod qilindi. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid