AQŞ Senatida faoliyat olib borayotgan 100 nafar senatordan 57 nafari Davlat kotibi lavozimiga Mayk Pompeo nomzodini tasdiqladi. Bu haqda Oq uy Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastlab, Pompeo Senatning Xalqaro masalalar böyiça qömita a'zolari qöllab-quvvatlaşi bilan öz nomzodini mustahkamlab olgandi. Rasman uşbu vazifa Davlat kotibi örinbosari Jon Sallivanga yuklatilgan bölsa-da, Pompeo allaqaçon diplomatik munosabatlarni dadil olib bormoqda.

Ma'lum qilinişiça, Pempeo va Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov örtasidagi ilk muzokara uçraşuvi 21 may kuni Buenos-Ayres şahrida ötkazilişi kutilmoqda. Aynan şu sanada Katta 20talik davlat rahbarlarining sammiti ham ötkaziladi.

Ma'lumot uçun, Mayk Pompeo AQŞdagi Harvard universiteti bitiruvçisi, iş faoliyatini neft qazib çiqariş maskanlariga texnika va anjomlar yetkazib beriş bilan şuğullanişdan boşlagan.

U 2011-2017 yillarda Kanzas ştatidan Kongressga saylangan, xususan Razvedka, energetika va savdo qömitasida işlagan. 2017 yil mart oyidan boşlab esa AQŞ MRB rahbari sifatida işlab kelayotgandi.