Jamiyat | 13:33 / 27.04.2018
17116
1 daqiqa o‘qiladi

Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyati tugatilishi mumkin

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'limning innovatsion modelini joriy etish to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Loyihaga asosan:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasini tarqatish;

2019 yil 1 yanvardan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'limni o‘z o‘zini nazorat qilish va mustaqillik prinsiplari asosida tashkil etish nazarda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, loyiha muhokamasi 2018 yil 31 mayga qadar davom etadi.

 

Mavzuga oid