«Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu «PSJ» hujumchisi Neymarni orqaga qaytarishga tayyor ekanini tan oldi.
«Ispaniyada eng kuchli futbolchilar to‘p tepishini istayman, bu menga yoqadi. Albatta, Neymar bilan takroran shartnoma imzolashga tayyorman» - deb Bartomeu so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2017 yil yozida «Barselona»dan «PSJ» klubiga 222 million yevro evaziga o‘tgan edi.















