1805 yildagi Trafalgar jangi vaqtidagi peçene Londondagi Dix Noonan Webb auksionida 2,6 ming funt sterling (3,6 ming dollar) narx bilan sotuvga qöyildi. 

Auktsion uy vakili Oliver Pepisning aytişiça, u heç qaçon bunday narsa körmagan. Dunyoda saqlanib qolgan eng qadimgi peçene Defence kemasining 1-sinfdagi matrosi Tomas Fletçerga tegişli bölgan. U qaqşatqiç dengiz jangidan keyin peçeneni özi bilan uyga olib borişga muvaffaq bölgan. 

Şundan keyin peçene Fletçerlar oilasida saqlanib kelgan va bu oila vakillari uni 2005 yilda Sotheby's auksionida savdoga qöyişgan. Pişiriq noma'lum bölib qolişni istagan bir kolleksioner tomonidan sotib olingan.

Avvalgi savdodan beri an'anaviy retsept böyiça un, tuz va suvdan tayyorlangan peçenening narxi ança oşgan. Pepisning fikriça, snekning narxi 3 ming funt sterlinggaça (4,1 ming dollar) yetişi mumkin. 

Ma'lum qilinişiça, bunday peçene konservalar paydo bölgunça dengizçilar ratsionining muhim qismi hisoblangan. Konservalangan göşt esa flotda 1847 yildan kiritilgan.

1805 yilning oktabrida Atlantika okeanida, Trafalgar buruni oldida yuz bergan jangda inglizlar fransuz-ispan eskadrasini tor-mor keltirganlar. Jang vaqtida ingliz flotiga qömondonlik qilgan admiral Goratsio Nelson halok bölgan.