AQŞ yetakçisining öğli kiçik Donald Tramp Instagram’dagi sahifasida Qöşma Ştatlar sobiq prezidenti Barak Obamaning yuzi tasvirlangan katta peçeneni uşlab turgan fotosuratini e'lon qildi.
«Mening döstlarim şunday qarorga kelişdiki, garçi mening tuğilgan kunim bir neça haftadan keyin bölsa ham, ular menga 40 yoşga tölişim munosabati bilan ajoyib peçeneni sovğa qilişdi. Qanday tuğilgan kun Obamali peçenesiz ötadi?» - deya yozgan kiçik Tramp.
Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, bu sovğani senator Ted Kruz bilan baham köriş haqida qaror qabul qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakatga immigratsion viza lotereyasi orqali kelayotgan odamlarni öz jamiyatlarining “yomonlar içidagi eng yomoni”, deb atadi hamda bu mexanizmni bekor qilişga çaqirgandi.
















