27 aprel kuni KXDR rahbari Kim Çen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In 1950 yilda boşlangan va 1953 yilgaça qurolli töqnaşuvlar körinişida davom etgan Koreya uruşiga barham beriş borasida kelişib olişdi. Davlat rahbarlari sözlariga köra, tinçlik bitimi 2018 yil oxirida imzolanadi.

Foto: WTOP

Bu ikkita Koreyaning sönggi 65 yil içida birlaşiş uçun qilgan ilk harakati emas: mamlakatlar bir neça marta yaraşib olişga va hatto qöşilişga urinib körişgan, ammo munosabatlar har gal yomonlaşavergan.

Birlaşiş uçun ilk harakat

Şimoliy va Janubiy Koreya birinçi marta 1971 yilda muzokara ötkazib, birlaşişning asosiy tamoyillarini belgilab olişdi. 1972 yilda qabul qilingan «Şimol-Janub» kelişuviga asosan, birlaşuv uçta şartning bajarilişi asosida yuz berişi lozim edi: ikkita Koreyaning mustaqilligini saqlab qoliş, milliy birlikka olib keluvçi tinç vositalarni qöllaş, mafkura va tizimdagi farqlarga barham beriş.

Janub va Şimol örtasida özaro işonç muhitini yaratiş va keskinlikni yumşatiş uçun, har ikkala tomon bir-birini haqorat va tuhmat qilmaslik, qurolli töqnaşuvlarni amalga oşirmaslik va ularning oldini olişga rozi bölişdi.

1972 yilda qabul qilingan «Şimol-Janub» deklaratsiyasidan

Ammo bu kelişuv har bir mamlakatning faqat öz manfaatini közlaşi tufayli amalga oşmay qoldi. SSSR tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan Şimoliy Koreya janubliklarni ittifoqdoşlari - AQŞ va Yaponiyadan uzoqlaştirişga harakat qildi. Janubiy Koreya rahbari Pak Çon Xi esa muzokaralardan öz avtoritar hokimiyatini kuçaytiriş vositasi sifatida foydalandi.

Foto: Wilson Center

Koreya Demokratik Konfederativ Respublikasi

Şimoliy va Janubiy Koreya deyarli muloqot qilmaganida ham, birlaşişga çaqiriqlar bölgan. 1980 yili KXDR rahbari Kim Ir Sen Koreya Mehnat partiyasining VI qurultoyida Koreya Demokratik Konfederativ Respublikasini taşkil qilişni taklif etdi. U ikkita tizimli davlat - ikkita hukumat, ikkita mafkura, biroq bitta millat, bitta mudofaa vazirligi, bitta taşqi siyosatga asoslangan davlat bölişi lozim edi.