Qator mamlakatlarda, şu jumladan Özbekistonda ham kuzatilayotgan Telegram messenjeri faoliyati bilan boğliq nosozliklar bartaraf etildi.
Undan avval Pavel Durov Telegram messenjeri faoliyatidagi uzilişlardan ogohlantirgan edi. Uning sözlariga köra, bu serverlardan birining qizib ketişi bilan boğliq bölgan.
Uzilişlar eng köp Rossiya, Ukraina va Isroilda qayd etilgan. Şuningdek Özbekiston, Saudiya Arabistoni, BAA, Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Şveytsariya, Germaniya, Niderlandiya, Avstriya, Eron va Malayziyadan ham şikoyatlar tuşgan.

Ta'kidlaş joizki, "Roskomnadzor" 16 apreldan boşlab sud qaroriga köra Telegram'ni bloklay boşlagan. Telegram tösiqlarni yengib ötiş maqsadida Amazon va Google xostinglaridan foydalangan. "Roskomnadzor" bu kompaniyalarning IP-manzillarini ham bloklay boşlagan.


















