Ukrainaning Kremenchugida noma'lum shaxslar «Yangi kuchlar ruxi» partiyasi a'zosi Oleg Filipasni do‘pposladi. Bu haqda partiya matbuot xizmati feysbukdagi sahifasida xabar bergan.
«Oleg Filipas hujumni o‘z siyosiy faolligi bilan bog‘lamoqda – aynan u o‘z shahrida prezident Pyotr Poroshenkoga impichment uchun vecheni tashkillashtirgan», - deyiladi xabarda.
Partiyadan aytishlaricha, Filipasning uyiga qurollangan kishilar bostirib kirib, unga jiddiy tan jarohati yetkazishgan. Natijada, ta'kidlanishicha, erkakning ko‘p joylari singan. U jarrohlik amaliyotiga tayyorlanmoqda.

Jabrlanuvchining o‘zi ham hujumni «mahalliy byudjyetlar qanday qilib talon-toroj etilishi» haqida hikoya qiluvchi materiallar e'lon qilingani bilan bog‘layotganini aytdi.
«Yangi kuchlar ruhi» - Ukrainadagi siyosiy partiya bo‘lib, unga Odessa oblasti sobiq gubernatori va Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili rahbarlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saakashvili Poroshenko uni Savchenkoning ishiga bog‘lamoqchi ekanini ma'lum qilgandi.















