Britaniya hukumatining ma'lum qilişiça, Erondagi yadro quroli böyiça vaziyatga heç qaçon soddalik bilan qaraşmagan va şuning uçun Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlikning (MAGATE) mintaqadagi faoliyati jiddiylik bilan kuzatib borilmoqda. Bu haqda Reuters hukumat vakilining bayonotiga asosan xabar berdi.

Avvalroq, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu mahalliy telekanalning töğridan-töğri efirida Eron hukumati yadro kelişuviga rioya etiş haqida yolğon gapirayotganini aytib ötgandi.

«Biz Eron va uning yadroviy rejalari böyiça heç qaçon soddalik qilmaganmiz. Şuning uçun Eron yadroviy kelişuvi bir qismi bölgan MAGATE inspeksiyalari xalqaro yadro munosabatlari tarixidagi eng keng kölamli va işonçlidir», - deyiladi bayonotda.

Şuningdek ta'kidlanişiça, MAGATE inspeksiyalari Eron yadro kelişuviga amal qilayotgani va mamlakat yadro dasturi «faqat tinç maqsadlarda» ekanini tasdiqlamoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Oq uy Netanyahuning Erondagi maxfiy yadro dasturi böyiça bayonotini qöllab-quvvatlagani xabar qilingandi.