Oq uyning ma'lum qilişiça, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning Eronda maxfiy yadroviy dastur borligi haqidagi sözlari Qöşma Ştatlar ma'lumotlariga töğri keladi. Bu haqda idoraning tvitterdagi rasmiy sahifasida xabar berilgan.

Avvalroq, Netanyahu mahalliy televideniye jonli efirida Eron mamlakatda yadro quroli borligi haqida yolğon bayonotlar berayotganini ma'lum qilgandi.

«Isroilning Eronda yadro quroli işlab çiqilayotgani töğrisidagi bayonoti haqida. Bu dalillar Qöşma Ştatlarga ançadan beri ma'lum bölgan narsalar bilan töğri keladi: Eronda kuçli yaşirin yadroviy dastur bor, mamlakat hukumati uni yaşirişga harakat qildi, biroq xalqaro hamjamiyat barçasidan xabardor», - deyiladi bayonotda.

Bundan avval Eron TIV rahbari örinbosari Abbos Arakçi Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning maxfiy yadro dasturi töğrisidagi sözlari ahmoqona şouga öxşaşini aytgandi.