Jahon | 08:25 / 01.05.2018
6990
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda xalq birligi bayrami nishonlanmoqda 

Foto : Akorda

1995 yilda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatda 1 may kunining “Qozog‘iston xalqi birligi kuni” deb e'lon qilinishi haqidagi farmonni imzolagandi. Bu bayram davlat bayrami maqomiga ega bo‘lib, 1 may dam olish kuni hisoblanadi.  

Bayram Qozog‘iston xalqining ma'naviy birligi, mamlakatning turfa madaniyatliligi ramzini ifodalaydi.   

Shu kuni Qozog‘istonning barcha shaharlarida bayram tadbirlari – konsertlar, xalq sayllari, bolalar ijodiyoti festivallari, sport musobaqalari, xalq birligi va do‘stlikka bag‘ishlangan tematik ko‘rgazmalar, spektakllar bo‘lib o‘tadi.

Nursulton Nazarboyev 28 aprelda Qozog‘iston xalqi assambleyasidagi nutqida xalq birligi yangilangan Qozog‘istonning bosh sharti bo‘lgani va bo‘lib qolishini aytgan. 

“Men xalqimga bizga shunday ko‘p millatli aholi qolganidan minnatdorman. Siz doimo meni, men yurgazayotgan siyosat, birlikka yo‘naltirilgan davlat siyosatini hamisha qo‘llab-quvvatlagansiz, shu sababli har bir uy, har bir oilada qut-baraka bor. Sizga sog‘liq, fayz-baraka, tinch osmon, yaxshilik va har bir oila, har bir uyga barakotlar tilab qolaman”, deb aytgan Nazarboyev mamlakatda yashovchi 130 dan ko‘proq millat vakillarini birlashtiruvchi assambleya a'zolariga murojaat qilib.     

Mavzuga oid