Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada O‘zbekistonning uch fuqarosi hibsga olindi, ular teraktga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanmoqda
Shvetsiyada uch kishi teraktga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda TT agentligi vaziyatdan xabardor manbaga asosan xabar bermoqda. Bundan tashqari, yana bir necha kishi so‘roq qilish uchun politsiya bo‘linmasiga olib kelingan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, politsiya bir necha oy davomida asli kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan gumonlanuvchi shaxslarni kuzatgan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ma'lumotiga ko‘ra, ayni damda yaqin vaqt ichida terakt sodir etish rejalari bo‘yicha hech qanday belgilar yo‘q.
Gumonlanuvchilardan kamida bir nafari 2017 yilning aprelida Stokholmda terakt sodir etgan va hozirda ustidan sud ketayotgan Rahmat Oqilov bilan avval aloqada bo‘lgani aytilyapti.
Politsiya mamlakatdagi tahdid darajasi o‘zgarishsiz – besh darajadan uchinchisida qolayotgani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
16:46 / 24.05.2026