Turkiya Jumhuriyati prezidenti Rajab Toyyip Erdöğanning Özbekistonga davlat taşrifi doirasida bugun Toşkentda Özbekiston – Turkiya biznes forumi ham ötkazildi. Unda har ikki davlat prezidentlari qatnaşib, sözga çiqişdi.

Özbekiston prezidenti forumda yiğilgan turkiyalik tadbirkorlarga Toşkent şahrining yangi hokimi — Jahongir Ortiqxöjayevni taniştirdi.

«Özbekiston tarixida birinçi marta, özim işongan işbilarmonni Toşkent şahri hokimi etib tayinladim. Tarixda bunaqasi bölmagan», — dedi Şavkat Mirziyoyev.

Minbarga çiqqan Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevni yiğilganlarga taniştirar ekan, prezident yana şunday dedi:

«Bu yigit ham hozirgi islohotlarni tuşunadigan, byurokratiyadan yiroq, Özbekiston [işbilarmonlik muhiti]ga toza havo kirişiga, investorlarni qöllab-quvvatlaşga, Toşkent şahrining ertangi kunini tasavvur qiladigan hozirgi zamonaviy [yoşlardan]. Bu bizning aksariyat rahbarlardan farqli ölaroq, “raykom”, [kom]partiya kabi heç qaysi byurokratik tizimda işlab körmagan. Bu — tadbirkor. Men mana şu tadbirkorni barça hududlarimiz içra uluşi eng katta hudud hisoblanuvçi Toşkent şahriga — ertangi kunimizni barpo etişda faqat tadbirkorlarga işonişim bois, [hokim etib tayinlaş töğrisida] qaror qabul qildim. Tadbirkor — Toşkent şahar hokimi. Şu bois endi buning (J.Ortiqxöjayevning) ertadan boşlab ikki karra mas'uliyati köpayadi. Sizlarga (turkiyalik tadbirkorlarga) Toşkent şahrida biror tösiq [paydo] bölsa — buning vijdoniga havola böladi».