2018 yilning 2 may kuni Koreya Respublikasining Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Song Yon Gil boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar qilmoqda.

Janubiy Koreya delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Tashrif dasturidan Tashqi ishlar vazirligida, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar institutida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan bo‘lib, ularda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.