Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Real” Chempionlar ligasi finaliga qatorasiga 3 marta chiqqan 3-klub bo‘ldi
Madridning “Real” va Myunxenning “Bavariya” klublari Chempionlar ligasi yarimfinalining javob uchrashuvida durang natija qayd qildi. Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida o‘tgan uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlandi.
Myunxenda o‘tgan uchrashuv madridliklarning foydasiga hal bo‘lgandi (1:2). Shu tariqa ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, madridliklar musobaqaning finaliga qatorasiga 3-marta chiqishdi. Bundan avvalgi 2 mavsumda ham “Real” musobaqaning finaliga chiqib, unda g‘olib bo‘la olgandi.
Avval bunday natijaga faqatgina ikkita italyan klubi – “Yuventus” va “Milan” erisha olgan. Turinliklar musobaqaning 1996, 1997 va 1998 yillardagi, milanliklar esa 1993, 1994 va 1995 yillardagi finallarida ishtirok etishga muvaffaq bo‘lishgan. Qayd etish joizki, “Yuve” va “Milan” bu finallardan faqat biridagina g‘olib bo‘lgan (mos ravishda 1996 va 1994 yillarda).
Mavzuga oid
21:55 / 05.06.2026
«Real» jiddiy qayta qurish davriga kirmoqda
12:04 / 04.06.2026
«Real» tarixidagi asosiy tahdidni to‘xtatish kerak». Peresni jangga chorlagan kim?
23:45 / 31.05.2026
Xvicha Kvaratsxeliya Chempionlar ligasi joriy mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
15:43 / 31.05.2026