Buyuk Britaniyaning Daily Mail naşri "selfisevar" oilaviy sayyohlar oqimi yetib kelmagan eng yaxşi mamlakatlar röyxatini tuzdi. Özbekiston uşbu röyxatdan joy oldi. Şuningdek mazkur röyxatga Qirğiziston va Möğuliston ham kiritildi.

"70-yillar xippisiga aylanib, birinçilar qatorida Tailand, Vetnam va Indoneziyaga bormoqçimisiz? Markaziy Osiyoda bölsangiz, xuddi şunday muvaffaqiyat bilan birinçilar qatorida bölişingiz mumkin", - deb yozadi Daily Mail.

Manbada hozirda Özbekiston, Qirğiziston va Möğulistonni köçmançi sayyohlar taşrif buyurayotgani, oddiy turistlar ham ulardan biriga aylanişi mumkinligi qayd etilgan.

"Özbekiston - YuNeSKO Jahon merosining tört obekti joylaşgan eng qadimiy va unutilmas xotiralar qoldiruvçi ölka ekanligi bilan ham sayyohlar taşrif buyurişi kerak bölgan joylar röyxatida bölişi lozim", - deyiladi manbada. 

Şuningdek Qirğiziston hozirça sayyohlar tomonidan yetarliça baholanmagan joylardan hisoblanişi, u yerda suratkaşlar uçun ajoyib manzarali joylar borligi qayd etilgan.

Bundan taşqari, sayyohlar qoidaga köra Rossiya va Xitoyga borib, yaqin oradagi Möğulistonga diqqat qilmasligi, biroq bu sayyohlar e'tiboriga munosib joy ekani ta'kidlanadi.

Röyxatda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan taşqari Berlin, Tokio, Çili, Argentina, Janubiy Koreya kabi şahar va  davlatlar nomi ham keltirilgan.