Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya kichik va o‘rta biznesi o‘zlarini hujumlardan himoya qilishni so‘radi
Fransiya kichik va o‘rta biznesi konfederatsiyasi (CPME) ishbilarmonlarni ko‘chadagi hujumlardan himoya qilishni iltimos qilib, ochiq xat bilan murojaat qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Parij ko‘chalarida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar birinchi may namoyishini buzgan. Bezorilar mashinalarga o‘t qo‘yishgan, do‘konlar peshoynalarini urib sindirishgan, savdo nuqtalarini vayron qilishgan. Bir necha qahvaxona ham talafot ko‘rgan. Ayni paytda Parijda tartibsizliklar va hujumlarga aloqadorlikda gumonlanayotgan yuzdan ziyod kishi hibsga olingan.
Maktub mualliflari namoyishlar chog‘ida savdo nuqtalariga hujumlar davom etishidan cho‘chishmoqda, chunki ularning so‘zlariga ko‘ra, bunday hodisalar «yaqinda Nantda, kecha Parijda va yana allaqayerlarda» bo‘lib o‘tgan. «Stsenariy doimo bir xil — qat'iyati hurmatga sazovor bo‘lgan politsiyachilar hujum nishoniga aylanmoqda, savdo nuqtalari esa talon-toroj etilmoqda», — deyiladi xatda.
Hujjat mualliflarining fikricha, «siyosiy bo‘lishi ehtimollanayotgan motivlar tinchlikni buzuvchilar uchun shunchaki bir bahona, ular aslida tartibsizlik va boshboshdoqlik urug‘ini sochishmoqchi».
«Namoyish o‘tkazish huquqi bundan keyin hujum qilish huquqi bilan yonma-yon bo‘lmasligi kerak. Bu ishlarga chek qo‘yish kerak», — deyiladi CPME murojaatnomasida.
Konfederatsiya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, «biznes egalari o‘zlarini himoya qila olmaydi, ular bu ish bilan shug‘ullanishni istashmaydi, qolaversa, bu ularning majburiyati ham emas».
«Frantsuz ishbilarmonlari nomidan CPME davlat hokimiyatini savdo bilan shug‘ullanuvchilarning xavfsizligini ta'minlovchi choralar ko‘rishga chaqiradi», — deb bayonot berishgan xat mualliflari. Ular «qo‘zg‘olonchilar jazolanishi kerak»ligiga chorlashmoqda, agar qonun hamma uchun barobar emasligi haqidagi his-tuyg‘ular mustahkamlanaversa, buning oqibatlari vayron qiluvchi xarakterga ega bo‘lishini ta'kidlashmoqda.
Mavzuga oid
20:54 / 28.06.2026
Fransiyada parashyutchilar maktabiga qarashli samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
10:27 / 27.06.2026
O‘zbekistonda Fransiya vizasi uchun vositachilarsiz hujjat topshirish imkonsiz bo‘lib qolgani aytilmoqda
18:00 / 25.06.2026
Fransiya yana Rossiya «yashirin floti»ga mansub tankerni qo‘lga oldi
22:51 / 21.06.2026