Xitoyning Sian şahrida qadimgi şahar devori ustida dronlar yordamida uyuştirilgan yoruğlik şousi havoda bir vaqtda bölgan dronlar soni böyiça jahon rekordini örnatdi. Rekord natija 29 aprelda qayd qilingan.
Şou 13 daqiqa davom etgan va unda 1374 ta drondan foydalanilgan. Dronlar Ehang Egret kompaniyasi tomonidan taqdim qilingan. Şou Janubiy Koreyadagi qişki Olimpiada öyinlari oçilişida Intel korporatsiyasi tomonidan örnatilgan avvalgi rekordni yangiladi. Avvalgi rekordda 1218 ta dron qatnaşgandi.
Ginness rekordlari taşkiliy qömitasining rekord örnatilgani haqidagi sertifikati şou taşkilotçilariga 1 may kuni topşirilgan. Ginness rekordlar kitobi vakillarining ta'kidlaşiça, rekord hisobga olinişi uçun barça dronlar bir vaqtda havoga kötarilib, u yerda bir daqiqadan köproq qolişi kerak bölgan.
Şou vaqtida dronlar şahar devorining ustidan havoga kötarilib, uzunligi 1200 metr va balandligi 100 metr keladigan yoruğlik polotnosini hosil qilgan. Şundan keyin dronlar havodagi örnini özgartirib, turli şakllar va yozuvlar hosil qilgan.
















