Faoliyatim davomida ko‘p bora maktab ma'muriyati yoki boshqa soha vakillari tomonidan: «Kutubxonachilarning kitob tarqatish va qabul qilishdan boshqa qanaqa ishi bo‘lishi mumkin, 4 ta kitobni u yoqdan bu yoqqa olaverib kunni kech qilishadi», degan gaplarini eshitganman. Ana shunday o‘ylaydiganlarning kutubxonaga nisbatan fikrlarini o‘zgartirish uchun men kutubxonachilarning yil davomida qiladigan ishlari, o‘tkazadigan tadbirlari hamda zimmasidagi mas'uliyati va javobgarliklari haqida imkon darajasida qog‘ozga tushirib sizlarga havola etmoqchiman.

Xullas, men Axborot-resurs Markazi rahbari sifatida lavozim yo‘riqnomasidan tashqari, maktab kutubxonachilariga uslubiy yordam berib, ularni kutubxonadagi faoliyatlarini muntazam ravishda nazorat qilib boraman. Tumanimizda 19 ta maktab bor: ARM xodimlari esa 8 nafarni tashkil qiladi, G‘allaorol tumanida 90 tadan ziyod maktab bor lekin o‘sha tumanda ham ARM xodimlari 8 nafarni tashkil qiladi, Vazifamiz lavozim yo‘riqnomamiz va oylik ish haqimiz esa bir xil. Men har oy yoki har ikki oyda maktab kutubxonalariga borib ishlarini ko‘zdan kechirib kelaman. Bu mening vazifam va buni mendan viloyat Axborot-resurs Markazi va tuman xalq ta'limi bo‘limi talab qilib turadi, (96 maktabi bor tuman ARM xodimlarini holatini tasavvur qilib ko‘ravering) muntazam ravishda tadbirlar va kutubxonachilar bilan ishlaganim uchun doim bir xil muammoga duch kelaman, aniqrog‘i men emas maktab kutubxonachilarining muammosi.

Kutubxonachilarning bir oylik ish haqi

Kutubxonachilik lavozimi uchun shtat birligi maktabdagi sinflar soniga qarab maktab joylashgan hududning moliya bo‘limi tomonidan belgilanadi: 13 ta sinfi bor maktabga 0.5 stavka kutubxonachi, bir oylik ish haqi 258 188 so‘m, kitoblar soniga qarab eng kam oylik ish haqining 10 foizdan 20 foizgacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha ustama ham to‘lanadi (pasti 17 224 so‘m, yuqorisi 34 448 so‘m) 258188+34448=292 636 so‘m.

Bundan kelib chiqadiki, xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari hisobchiga tabel topshirayotganda 0.5 stavka kutubxonachiga 258 188 so‘m oylik ish haqi yozadi, hisobchi kutubxonachining topshirgan hisobotiga tayanib tabeldagi 258188 so‘mga ko‘pi bilan 34448 so‘m qo‘shib unga oylik ish haqi yozishi mumkin, undan 15 foiz daromad solig‘iga, 1 foiz kasaba uyushmasiga, 1 foiz nafaqa jamg‘armasiga (nafaqaga chiqqanida xalq bankidan borib oladi), 8 foiz nafaqa fondiga, misol uchun

292636x0.15=43 895

292636x0.1=2 926

292636x0.1=2 926

292636x0.8=23 411