Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yaqin qo‘shni uzoq qarindoshdan yaxshi». Jeenbekov O‘zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlash haqida gapirdi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Issiqko‘l viloyatiga ikki kunlik amaliy tashrifi doirasida bugun Issiqko‘l tumani aholisi bilan uchrashdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari o‘z prezidentlik faoliyati, jumladan, tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida gapirgan.
«Yaqin qo‘shni uzoq qarindoshdan yaxshi – xalqimiz bekorga shunday demaydi. Prezident lavozimiga kirishim bilan qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun ko‘p vaqt sarfladim. Sizga ma'lumki, mening birinchi tashrifim Rossiya Federatsiyasiga bo‘ldi, Rossiya va YeOIIga a'zo davlatlar bilan hamkorlik tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridandir», - deya ta'kidlab o‘tdi Sooronbay Jeenbekov.
U turli uchrashuvlar va Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston bilan aloqalarni mustahkamlash, o‘zining Turkiya hamda Yevropa Ittifoqi institutlariga tashrifi, shuningdek Xitoy Xalq Respublikasiga rejalashtirilgan safari haqida so‘zlab berdi.
Prezident 2018 yilni Hududlarni rivojlantirish yili deb e'lon qilish to‘g‘risidagi farmonning maqsad va vazifalari haqida so‘z yuritgan.
“Prezident sifatida mening asosiy vazifam - davlatchilikni mustahkamlash, odamlarning hayotini yaxshilashdir”, - dedi Jeenbekov.
Mavzuga oid
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026