​Rossiya  Özbekistonga neft yetkazib berişni yana töxtatdi. Rossiya Federatsiyasining Yoqilği-energetika kompleksi markaziy dispetçerlik idorasi ma'lumotlariga köra, aprel oyida yetkazib beriş işlari amalga oşirilmagan.

2018 yil davomida Rossiya neftining Özbekistonga eksporti 36 ming tonnani taşkil etdi. Yoqilği-energetika kompleksi markaziy dispetçerlik idorasi ikkinçi çorak uçun eksport jadvali hozirça Özbekistonga neft yetkazib berişni nazarda tutmayotgani haqida xabar tarqatmoqda.

Bundan avval, Rossiya Energetika vaziri Aleksandr Novak Rossiya va Özbekistonning neft yetkazib beriş böyiça hukumatlararo kelişuv muzokaralari yakuniy bosqiçga yetganini ta'kidlagandi.

«Özbekistonga neft yetkazib beriş töğrisidagi hukumatlararo bitimni muhokama qiliş sönggi bosqiçda turibdi», - deya aytib ötdi u Qandim gaz kompleksining işga tuşiriliş marosimida çiqiş qilib.

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi energetika vazirining örinbosari Kirill Molodtsov «Gazprom neft» kelgusi yilda Özbekistonga 1 million tonnagaça neft yetkazib beriş imkoniyatlarini körib çiqayotgani haqida xabar qilgandi.

Aslida Özbekiston «Gazprom» bilan birgalikda uç yildan söng 5 mln. tonnaga möljallangan yangi neftni qayta işlovçi zavodni işga tuşirişni rejalaştirmoqda. Biroq yetkazib beriş hajmini oşiriş uçun Qozoğiston orqali neft quvurlarini kengaytiriş talab etiladi.

Hozirgi paytda Özbekiston yönalişi böyiça erkin ötkaziş quvvati faqat 500 ming tonnani taşkil etadi, yetkazib beriş işlari amalga oşirilayotgan «Şagir» neft quyiş estakadasining quvvati esa - 700 ming tonna.

Ma'lumot uçun, 2018 yil yanvar oyida Rossiya Özbekistonga 24,9 ming tonna neft yetkazib berdi, fevralda esa yetkazib beriş amalga oşirilmadi. Mart oyida bu işlar qayta tiklandi va 11,1 ming tonnani taşkil etdi.

Ötgan yilda Rossiya neftining Özbekistonga eksporti 68,2 ming tonnani taşkil etgandi. Xususan, noyabr oyida Özbekistonga 30 ming tonna, dekabrda esa 38,2 ming tonna neft yetkazib berildi.