Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning Özbekistonga taşrifi doirasida ikki davlat rahbarlari tomonidan yaqin yillarda özaro savdo aylanmasi hajmini 5 milliard dollargaça yetkaziş maqsad qilib belgilandi.

Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vazirligi matbuot xizmatining xabar berişiça, Özbekiston iqtisodiyotida amalga oşirilayotgan islohotlar eksport nomenklaturasi kengayişi bilan bir qatorda mamlakatlarga ikki tomonlama savdo aloqalari hajmini köp baravar oşiriş imkonini beradi.

Yaqin orada Turkiyaga Özbekistonda işlab çiqarilgan  töqimaçilik, çarm, kabel-ötkazgiç va qişloq xöjalik mahsulotlari yetkaziladi.

Özbekiston mahsulotlariga yuqori talab mavjudligini 680 million dollardan ziyod qiymatga imzolangan eksport şartnomalari tasdiqlaydi. Ta'kidlaş joizki, taşrif davomida imzolangan 44 şartnoma yuqori qöşimça qiymatga ega keng mahsulotlari qatorini qamrab olmoqda.

Özaro savdo aloqalarida qulay şaroitlar yaratiş maqsadida mamlakatlar örtasida tarif va notarif tösiqlarni bartaraf qilişga doir işlar olib borilmoqda.

"Ayni damda biz Turkiya tomon bilan imtiyozli savdoga doir kelişuvni imzolaş şaroitlarini işlab çiqyapmiz. Öz navbatida, bu özbek va turk tovarlari raqobatbardoşligini oşiriş imkonini beradi", - deydi taşqi savdo vaziri Jamşid Xodjayev.

2017 yil yakunlariga köra, mamlakatlar örtasidagi tovar ayirboşlaş 1,5 milliard dollardan ortiqni taşkil qiladi, bu 2016 yilning xuddi şu davriga nisbatan 32 foizga köpdir. 2018 yilning yanvar-mart oylarida özaro savdo hajmi ötgan yilga nisbatan 20 foizga oşdi va 395,3 million dollarni taşkil qildi. Özbek töqimaçilik mahsulotlari eksport hajmining ikki baravarga oşişi alohida diqqatga sazovordir. Oziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar eksporti hajmining ösişi 68,8 va 62,6 foizni taşkil qildi.