Sport | 16:33 / 05.05.2018
39530
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: UYeFA muddatidan oldin Chempionlar Ligasi g‘olibini e'lon qilib qo‘ydi

UYeFA rasmiy sayti xatolik tufayli «Liverpul»ni Chempionlar Ligasi g‘olibi sifatida e'lon qilib yubordi.

Gap shundaki, saytning «Tarix» bo‘limida «Real» va «Liverpul» klublari futbolchilarining surati tushirilgan banner joylashtirildi. Unda «2017/18 mavsumi. G‘olib – «Liverpul» yozuvlari bor.

Yarim finalda «Liverpul» «Roma»dan ustun kelgandi. Inglizlar ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 7:6 hisobida g‘olib bo‘lib (5:2, 2:4), turnir finaliga yo‘l olgan.

«Real» final ostonasida Myunxenning «Bavariya» klubi to‘sig‘idan o‘tdi. Zinedin Zidan jamoasi safardan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan, javob uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan.

Eslatib o‘tamiz, final o‘yini 26 may kuni Kiyevda  «Olimpiyskiy» stadionida o‘tkaziladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid