Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xalqim jo‘nab ketdimi?» Misr sobiq prezidenti Husni Muborak 90 yoshga to‘ldi
Foto: Mohamed Abd El Ghany / Reuters
4 may kuni Misrni 30 yildan ortiq vaqt davomida boshqargan sobiq prezident Husni Muborak 90 yoshga to‘ldi.
Sovet ittifoqida harbiy samolyotlarni boshqarishni o‘rgangan Husni Muborak Misrdagi Jamol Abdul Nosir davrida mansab pillapoyasidan tez ko‘tarildi. Nosirning harbiylarga tayanishi Husni Muborakka qo‘l keldi, juda qisqa fursatda u Misr Harbiy havo kuchlari shtab boshlig‘i etib tayinlandi.
Xuddi shunday «ko‘tarilish» prezident Anvar Saddat davrida ham kuzatildi. U mamlakatda vitse-prezident etib tayinlangan, kuchli harbiy tayanchga ega shaxsga aylandi. Anvar Saddatga uyushtirilgan suiqasddan so‘ng, shaksiz, barcha Muborakni prezidentlik lavozimida ko‘ra boshladi.
Yangi rahbar vujudga kelgan va rivojlanib borayotgan radikalizm bilan ayovsiz kurash olib bordi. Misrda yangi iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar boshlandi. Qat'iy pozitsiyaga ega sobiq harbiy Yaqin Sharqdagi eng qudratli siyosatchilardan biriga aylandi. U nafaqat Rossiya bilan, balki AQSh bilan ham aloqalarni yaxshilay olgandi.
Shunga qaramay, prezident ma'muriyatidagi korrupsiya, bosim ostida qolgan oppozitsiya, eng muhimi - turmush darajasi abgor bo‘lib qolgan xalq 2011 yil qo‘zg‘alon boshlanishiga sababchi bo‘ldi. Uning o‘rnini «Musulmon birodarlar» tashkiloti rahbari Muhammad Mursiy egalladi, biroq u ham birozdan so‘ng hokimiyatdan ketishga majbur bo‘ldi.
Muborak «Arab bahori» davrida sud oldida javob berishga to‘g‘ri keldi, u 2017 yilga qadar qamoqxonada jazosini o‘tadi.
Husni Muborak 2011 yil hokimiyatdan ketishiga sanoqli oylar qolganda bir hazil qilib, keyinchalik barchani o‘ylantirib qo‘ygandi. Gap shundaki, u rivoyatdagi Azroil farishtasi bilan yuz bergan suhbatni hazilga yo‘yib so‘zlab bergandi. Aytishlaricha, o‘lim farishtasi podshohning oldiga kelib, «xalq bilan xayrlashish vaqti yetgan»ini bildirganda, hukmdor javob beradi:
«Nima? Xalqim jo‘nab ketdimi?».
Mavzuga oid
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
11:40 / 06.03.2026