00:34 / 05.05.2018
5933

Stiven Jyerrard Shotlandiya chempioni bosh murabbiyi bo‘ldi

Foto: Twitter/@RangersFC

«Glazgo Reyndjers» klubi Stiven Jyerrard bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

«Liverpul»ning sobiq yarimhimoyachisi, ayni paytda yoshlar jamoasi murabbiyi yozda Shotlandiyaning ko‘p karra chempionida ish boshlaydi.

«Reyndjers» bosh murabbiyi bo‘lish - men uchun sharafdir. Bu jamoni, uning tarixi va an'analarini juda hurmat qilaman. Faoliyatimdagi yangi davrning boshlanishini intizorlik bilan kutaman» - dedi Jyerrard.

Ma'lumki, so‘nggi yillarda «Reyndjers» avvalgi mavqesini yo‘qotib, ancha kuchsizlanib qolgan edi. Jamoa rahbariyati Jyerrardga ishonch bildirib, klubning chempionlik uchun kurashishiga ishonmoqda.

Mavzuga oid
Top