BAAda öquv-maşğulot yiğini ötkazayotgan Toşkentning «Lokomotiv» klubi bugun, 11 yanvar kuni Dubayda Stiven Jyerrard boşqaruvidagi «Glazgo Reyndjers» jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşdi.

Şotlandiya klubiga qarşi xalqaro örtoqlik öyini Andrey Fyodorov jamoasi uçun yiğin doirasidagi dastlabki bahs böldi. Şunga qaramay, Dubaydagi öyinda Yevropa klubi Özbekiston jamoasidan bir kalla baland ekanligini amalda körsatdi. 

Angliya milliy jamoasining sobiq hujumçisi Jyermeyn Defo hisobni oçib bergan öyinda şotlandiyalik futbolçilar «Lokomotiv» jamoasi darvozasini 6 marotiba nişonga olişdi. «Temiryölçilar»ning yagona goliga zaxiradan maydonga tuşgan Abdul Aziz Yusupov mualliflik qildi – 1:6.

Xalqaro örtoqlik uçraşuvi. 
11 yanvar. BAA, Dubay.
«Lokomotiv» (Özbekiston) – «Glazgo Reyndjers» - 1:6
Gollar: Jyermeyn Defo (10), Ojo (27), Steven Deyvis (49), Jyeyms Taverniyer (70), Greg Styuard (79 pen., 90) - Abdul Aziz Yusupov (77)
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov (Javohir Ilyosov, 46), Davron Hoşimov, Kavroşi, Oleg Zoteyev, Ibrohimov, Kaxi Maxaradze, Jamşid Iskanderov (Kamron Saidazimov, 70), Diyor Turopov (Davron Umirov, 55), Sardor Mirzayev, Marat Bikmayev (Asadbek Ergaşev, 71), Kiril Pogrebnyak (Abdul Aziz Yusupov, 60)
«Glazgo Reyndjers»: Foderinghem, Edmunson, Patterson, Katiç, Barisiç, Jyek, Erfild, Aribo, Ojo, Barker, Defo.