Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi boşliği, polkovnik Barat Mamenov lavozimidan böşatildi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB Matbuot markazi ma'lumotiga asoslanib Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinişiça, Barat Mamenov ayni paytda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Kadrlar boş boşqarmasi ixtiyoriga ötkazilgan. Ammo polkovnikning işdan olinişiga nima sabab bölgani oşkor etilmadi. Toşkent şahar IIBB Matbuot markazi ma'lumotiga köra, ayni paytda YHXB boşliği vazifasi lavozimi böyiça boşqarma boşliği muovini Jamşid Jörayevga yuklatilgan.

Şuningdek, Toşkent şahar YHXB boşliği muovini lavozimida işlab kelayotgan Ma'ruf Hamroyev ham lavozimidan böşatilgan, uning örniga YHXB Taşkiliy tahlil va nazorat profilaktikasi bölimi boşliği Aziz Sadirov uşbu vazifaga tayinlangan.