11:16 / 05.05.2018
18342

O‘zbekistonda ilk marotaba yevro oldi-sotdisi bo‘yicha savdolar boshlandi

Foto: REUTERS

O‘zbekiston Respublikasining valyuta birjasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda birinchi marta yevro bilan savdo qilish boshlandi.

3 may kuni 2017 yilning avgustidan beri birinchi marta yevroni xarid qilish va sotish bo‘yicha bitim imzolandi.

Birja platformasida 5 sentabrdan (valyutani erkinlashtirish boshlanishi) beri AQSh dollariga bog‘liq operatsiyalar o‘tkazilayotgandi - boshqa valyutalar kotirovkalari savdolar asosida emas, balki kross-kurs mexanizmi bo‘yicha hisoblangan.

Ayni paytda birjada yevroning kursi 10 100 so‘mni tashkil etadi. Markaziy bank haftaning boshida 9 785 so‘mlik kursni o‘rnatdi, bu avvalgi kursdan 114 so‘mga kam.

Top