O‘zbekiston | 09:53 / 05.05.2018
23834
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Qozog‘iston importi keskin o‘sib bormoqda 

Foto: People2people.com.ua

​4 may kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro tovar aylanmasi qiymatini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha Ishchi guruh takliflarni ko‘rib chiqdi. Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov qozog‘istonlik hamkasbi Asqar Mamin bilan suhbatlashdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, joriy yil birinchi choragida ikki davlat o‘rtasidagi umumiy tashqi savdo aylanmasi 543,1 million dollarga yetgan, o‘tgan yilning mos davriga ko‘ra, 46 foiz o‘sish kuzatilgan. (371,8 million dollar)

Joriy yilning dastlabki uch oy yakunlariga ko‘ra, Qozog‘istondan O‘zbekistonga import qilingan tovarlar qiymati 399,9 million dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 51,1 foizga o‘sish bo‘lgan. O‘zbekiston eksporti esa birinchi chorak bo‘yicha 25,6 foiz o‘sgan bo‘lib, umumiy tovar qiymati 143 million dollarga teng. 

Qozog‘iston Hukumati vakili Asqar Maminning fikriga ko‘ra, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi shu yilning o‘zida 3 milliard dollarga, 2020 yilga qadar 5 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid