Afğonistonning Faryob viloyatida avtomaşina yölda kömib qöyilgan bombani bosib ketişi natijasida kamida 7 kişi halok bölgan va yana bir kişi jarohatlangan. Bu haqda «Pajvok» axbrot agentligining muxbiri Qutbiddin Köhiy ma'lum qilgan.

Garçi bu iş ortida kim turganini rasman heç kim öz zimmasiga olmagan bölsa-da, mahalliy politsiya vakili Abdul Karim Yurişning agentlik muxbiriga ma'lum qilişiça, transport vositasi Xöja Gavhar aholi punktida «Tolibon» radikal islomiy harakati jangarilari tomonidan örnatilgan bomba yordamida portlatilgan. Maşinada savdogarlar ketayotgan bölgan.

Tuman ma'muriyati rahbari Muhammad Solih Solih ham hujum yuz berganini va qurbonlar sonini tasdiqlagan.

Ilgariroq Afğonistonda xudkuş-terrorçining xorijiy harbiy xizmatçilar konvoyiga hujumi natijasida 11 kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi. TOLOnews telekanali ma'lumotlariga köra, öldirilganlar mamlakat janubidagi Qandahor viloyati Dama tumanida joylaşgan Hoji Abdullaxon qişloğidagi madrasa talabalari bölgan.