Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu 9 may kuni Moskva şahrida bölib ötadigan Ğalabaning 73 yilligiga bağişlangan harbiy paradda qatnaşişi haqida ma'lum qildi. Boş vazir Isroil hukumati yiğilişida şunday bayonot bilan çiqdi.
"Çorşanba kuni Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşaman va Germaniya natsistlari ustidan qozonilgan ğalabaga bağişlangan paradda iştirok etaman", - dedi Netanyaxu öz hukumati vazirlariga.
Kreml matbuot xizmati şanba kuni 9 mayda Netanyaxu işçi taşrif bilan Moskvaga kelişi haqida xabar berdi. "U Uluğ Vatan uruşi Ğalabasining 73 yilligiga bağişlangan harbiy paradga taklif qilingan", - deyiladi Kreml xabarida. Şuningdek xuddi şu kuni RF prezidenti Vladimir Putin va Isroil boş vaziri örtasida muzokaralar bölib ötişi qayd etilgan.
Joriy yilda Isroilda birinçi marta 9 mayni rasman nişonlaşmoqda. 2017 yilning 26 iyulida Knesset (Isroil parlamenti) "Natsistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan Ğalaba kunini nişonlaş" töğrisidagi qonunni tasdiqlagan. "9 may kuni Isroilda natsistlar ustidan ğalaba qozonilgan kun rasman davlat darajasida nişonlanadi", - deyiladi Isroil parlamenti saytida.
Şu yilning 8 may kuni Ğalaba kuniga bağişlangan parad Isroilda birinçi marta Al-Qudsdagi Knesset binosi oldidagi maydonda bölib ötadi.













