Toşkent şahar Iqtisodiy sudi Appelyatsiya instansiyasining 2018 yil 5 martdagi №1001-1731/15747-son qarorida “odamzot tomonidan yaratilmagan jurnal” haqida söz boradi. Qanday qilib jurnal, ya'ni bosma naşrda qoğozdan tayyorlangan mahsulot öz-özidan paydo böldi?
Gap şundaki, tadbirkor Anvar Jalolov “Hisobot jurnali” nomi bilan mahsulot çiqarib, uni uzoq yillardan buyon sotuvga qöyib kelgan. Bu jurnal Jalolovning ilmiy işi natijasida yaratilgan.

Lekin 2017 yilning avgustida mazkur mahsulot özboşimçalik bilan özlaştirilib “Spectrum media group” MChJ (SMG korxonasi) tomonidan soxta (kontrafakt) tovar sifatida bozorda sotilgan. Buni körgan Jalolov, avvaliga, öz muallifligini asoslaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga murojaat qilgandi. Uning xulosasini olgaç, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş Departamenti Toşkent şahar Çilonzor tuman bölimiga murojaat qilgan. Departament arizaçiga sudga murojaat qilişni tavsiya etgan. Körsatma böyiça Jalolov Toşkent şahar tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat qilgan. Bu sud, tabiiyki, Agentlikning xulosasi asosida da'vogarning da'vosini qondirgan va soxta mahsulot işlab çiqargan tadbirkorga qonunda belgilangan çoralarni qöllagan.
Şu bilan adolat tantana qildi, deb bu xabar yakunlanişi kerak edi, lekin qiziq voqealar şundan söng röy bera boşladi. Avvaliga soxta mahsulot işlab çiqargan tadbirkor – SMG korxonasi özining xatti-harakatlarini notöğri ekanligini tan oldi, kiçik miqdorda tovon tölaşini muallifga bildirdi va buning evaziga muallif özining barça talablaridan voz keçişi zarur edi. Bölmadi, keltirilgan zarar hajmida kelişa olinmadi. Şundan söng javobgar tomon apellyatsiya instansiyasiga murojaat qildi.
“Apellyatsiya instansiyasida iştirok etayotgan paytda va sud yakunida e'lon qilingan qarorni eşitganda qandaydir tuş körayapman, deb öyladim”, – deydi A.Jalolov. – “Sudyalarning mulohazasiga asosan, emişki, jurnal odamzot tomonidan yaratilmagan, u ijodiy mehnat mahsuli emas va yakka tartibda işlab çiqarilmagan. Vaholanki jurnal muqovasida mening ismim va familiyam yozib qöyilgan. Bunday xulosadan maqsad şuki, agar meni odam emas deb topişsa, unda mendagi mualliflik huquqi yöqoladi, demakki, bunday huquq javobgar tomonda paydo böladi”.
Şunday ham böldi. Apellyatsiya sudining yuqorida tilga olingan Qarori asosida bugungi kunda sakkiz yildan buyon jurnalni çiqarib yurgan, bir neça ön minglab odamlarga bu mahsulotdan qanday foydalaniş yuzasidan seminarlar, reklamalar uyuştirib mahsulotni xaridorgir qilgan haqiqiy muallif – muallif emas, deb topildi.















