Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyimlar orasiga yashirilgan qariyb 12 ming dollar oshkor bo‘ldi
Bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan fuqarolarga amaldagi bojxona qoidalariga rioya qilish, o‘zlari bilan olib o‘tayotgan tovar va naqd xorijiy valyutalarni to‘g‘ri deklaratsiyalashlari uchun bojxona postlarida axborot hududlari tashkil etilgan bo‘lib, axborot peshtaxtalari barcha uchun qulay va ko‘rinarli joylarga joylashtirilgan. Ammo, bojxona qoidalariga rioya qilmaslikning oqibati fuqaro A.B.ga qimmatga tushdi.
“Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni davlatga yo‘l olgan ushbu fuqaroni bojxona nazoratidan o‘tkazish vaqtida u o‘z yonida yashirilgan ashyolar yo‘qligini ma'lum qilgandan so‘ng xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Natijada, A.B. egnidagi ichki kiyimi ichiga jami 11 886 AQSh dollarini yashirib, noqonuniy ravishda respublika hududidan olib chiqib ketmoqchi bo‘lganligi oshkor bo‘ldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:30 / 08.01.2026
Yevropa valutalari xaritasi: eng qimmat valuta qaysi?
21:30 / 29.12.2025
2025 yil o‘zbek so‘mi uchun qanday o‘tdi?
19:17 / 07.12.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi
22:15 / 04.12.2025