Jahon | 17:46 / 07.05.2018
15682
2 daqiqa o‘qiladi

“Kortej” loyihasi avtomobillari Kreml minoralari nomini oldi 

Foto: Rossiya Prezidentining rasmiy veb-sayti

Rossiyaning Aurus avtomarkasi modellari Kreml minoralari nomlari bo‘yicha tanlandi - "Senat", "Arsenal" va "Komendant". Bu haqda RF sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Denis Manturov Rossiya prezidenti inauguratsiya marosimidan keyin aytib o‘tdi.

Aurus brendi ostida avval “Kortej” nomini olgan, yagona modulli platforma loyihasi mashinalari chiqariladi. Aurus limuzini bugungi inauguratsiya marosimida qatnashdi. Rossiya prezidenti lavozimiga kirishgan Vladimir Putin Kreml Birinchi korpusidan inauguratsiyaga “Kortej” seriyasidagi yangi Rossiya limuzinida keldi. Mashinada Aurus belgisi turgan, shuningdek model nomi bo‘lgan - "Senat".

"Ochiq savdolarga chiqariladigan barcha avtomobillarda model ham bo‘ladi. Agarda biz modellar haqida gapirayotgan bo‘lsak – ular Kreml minoralari nomi bo‘yicha tanlandi. "Senat" – bu sedan va limuzin, miniven – bu "Arsenal", SUV esa yo‘ltanlamas bo‘lib, kelasi yilning oxirida chiqaradi, - bu "Komendant", - degan Manturov.

“Yagona modulli platforma” loyihasi doirasida yig‘ilgan “Kortej” loyihasi Aurus brendidagi mashinalar qatori keng ommaga Moskva avtosalonida namoyish etiladi. Avtosalon Moskvada 29 avgust – 9 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Mavzuga oid