Farğona viloyati Uçköprik tumanilik 81 yoşli Zebuniso ona Ahmedova haj ziyorati uçun yillar davomida jamğargan 50 million sömdan ortiq mablağiga özi yaşayotgan Yangiobod mahallasi aholisi uçun toza içimlik suvi çiqartirib berdi, deb xabar qilmoqda “Xalq sözi”.
— Dinimiz arkonlariga köra, haj ziyoratiga borgan odamning oilasida ehtiyoji va qarzi yöq, töq va tökin bölişi kerak ekan, — deydi Zebuniso aya. — Mahallam ham mening oilam. Ular qişning sovuq, yozning jazirama kunlarida uç çaqirim naridan suv taşib kelişayotganda, men qanday qilib bemalol haj ziyoratiga boraman. Yoş kelinlarimizning qiynalayotganligini körsam yuragim ezilib ketadi. Töğrisi, buni özimga qabul qila olmadim.
Yangiobod mahallasida avvallari ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan suv tarmoqlari mavjud. Biroq yer osti quvurlarining yaroqsiz ahvolga kelib qolişi natijasida suv bosimi juda pasayib ketdi. Zebuniso aya Ahmedovaning taşabbusi bilan yangi quduq kavlanib, mahalladoşlari xonadonlariga zilol suv kirib bordi. Şu bilan birga, hududdagi 49-umumta'lim maktabi, oilaviy poliklinika va 6-maktabgaça ta'lim muassasasi ham barqaror suv ta'minoti bilan ta'minlandi.













