Jamiyat | 11:45 / 07.05.2018
22353
2 daqiqa o‘qiladi

Test sinovlari uchun maxsus texnik vositalar aprobatsiyadan o‘tkazildi

Davlat test markazi (DTM), tegishli vazirlik va idoralar tomonidan 2018 yilda oliy ta'lim muassasalarida o‘tkaziladigan test sinovlari bo‘yicha jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. 

DMT axborot xizmati xabariga ko‘ra, tayyorgarlik doirasida joriy yil 25 aprel kuni Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida o‘tkazilgan oliy ta'lim muassasalariga qabul test sinovlari tartibiga bag‘ishlangan repetitsiya jarayonida abituriyentlarni bino hududiga kiritishda ishlatiladigan metallodetektorlar, shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya qurilmalari, test sinovi davomida uzluksiz videokuzatuv uskunalarining ish jarayoni o‘rganildi. Ushbu texnika vositalarining amaldagi holati va imkoniyatlari talablarga mosligi aniqlandi.

Foto: DMT axborot xizmati
Foto: DMT axborot xizmati
Foto: DMT axborot xizmati
Foto: DMT axborot xizmati
Foto: DMT axborot xizmati

Shu bilan birga, tadbir davomida katta sig‘imli binoni belgilangan talab asosida tayyorlash, binoga abituriyentlarni pasport va yangi shakldagi ruxsatnoma orqali kiritish, nazorat xizmati postlari faoliyati, guruh nazoratchilari faoliyati hamda yangi shakldagi test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi amalda sinab ko‘rilgan.

 

Mavzuga oid