Armaniston Respublika partiyasi muxolifat yetakchisi Nikol Pashinyanni bosh vazir etib saylashga va'da berdi. Bu haqda jurnalistlarga parlament vitse-spikeri, partiyaning ijroiya organi a'zosi Eduard Sharmazanov ma'lum qilgan.  

“Biz zarur ovozlar bilan, parlament tarkibining uchdan bir qismi ilgari surgan nomzod, bu holda Pashinyanni saylashga yordam beramiz. Partiya va fraksiya qarori bilan deputatlarimiz unga ovoz beradilar”, deb aytgan Sharmazanov.

Sharmazanov respublikachilarning qanchasi Pashinyanga ovoz berishiga oydinlik kiritmagan.