Ugandadagi qiroliça Yelizaveta milliy boğida qoplon politsiya xodimining uç yaşar öğlini sudrab olib ketdi va yeb qöydi. Bu haqda The Independent naşri xabar bermoqda.

Hodisa juma, 4 may kuni keçqurun yuz bergan. Bolakay ekvatordan bir neça kilometr janubda joylaşgan Edvard köli qirğoğidagi ovçilar uyçasida uy xizmatçisi bilan birga bölgan.

Davlat tabiatni muhofaza qiliş taşkiloti vakili Başir Xangining sözlariga köra, ayol bola özining ortidan köçaga çiqqanini payqamay qolgan. U bola baqirganini eşitgan va unga yordamga oşiqqan, biroq keç qolgan: qoplon bolani sudrab olib ketgan.

Rasmiylar tomonidan boşlangan qidiruv işlari natijasida yöqolgan bolaning boş suyagi topildi. Uni otasiga berişgan. Bolaga hujum qilgan yirtqiçni tutiş rejalaştirilmoqda. «U inson göştini yeb körganidan söng, boşqa odamga hujum qilişga qaror qiladi», - deya aniqlik kiritgan Xangi.

Qiroliça Yelizaveta milliy boği – Ugandada sayyohlar orasidagi eng maşhur qöriqxona. U yerda fil, buyvol, gippopotam, mangusta, şimpanze, babuin, şer, qoplon, sirtlon, çiyaböri, kiyiklar va boşqa hayvonlar yaşaydi.