«Hozir Amerika-Shimoliy Koreya muzokaralari yo‘li bilan keng kelishuvlar va aniq reja ishlab chiqish kerak, bu to‘la yadrosizlanishga erishish uchun shart», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp 22 may kuni janubiy koreyalik hamkasbi Mun Chje In bilan uchrashishi va u bilan KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan rejalashtirilayotgan muzokaralarni muhokama qilishi xabar qilingandi.