22 yoşli avstraliyalik Rubik kubigini yiğiş böyiça yangi rekord örnatdi, Feliks Zemdegs bu vazifani 4,22 soniyada uddaladi. Cnet naşri şu haqida xabar berdi. 

Yangi rekord Melburndagi xalqaro musobaqalarda qayd etildi. Rekord muallifi Feliks Zemdegs bundan avval ham eng tezkor "yiğuvçi" deya e'tirof etilgan - 2016 yilda u 4,73 soniyada Rubik kubigini yiğişga muvaffaq bölgandi. Biroq keyinroq bu rekord kubikni 4,69 soniyada yiğişning uddasidan çiqqan amerikalik Patrik Pons tomonidan yangilangan.

Şu bilan birga, Zemdegs 2015 yilda Rubik kubigini bir qölda yiğiş böyiça ham rekord örnatgan, u bu işni 6,88 soniyada uddalagan. 2017 yilda esa Rubik kubigining murakkablaştirilgan versiyasi (7x7x7 kvadrat)ni yiğiş böyiça rekord örnatdi - 2 daqiqa va 6,73 soniya. 2013 yilda Las-Vegasda Zemdegs dunyoning eng zör Rubik kubigi yiğuvçisi deya tan olingan.