AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron yadro dasturi böyiça Qöşma keng kölamli harakatlar rejasidan (QKHR) çiqiş niyatida. Bu haqda The New York Times gazetasi yevropalik diplomatlarga asosan xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga köra, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya yetakçilarining Tramp bilan muzokaralaridan xabardor diplomatlar AQŞ prezidenti QKHRdan çiqiş niyatida ekani va Tehronga qöşimça sanksiyalar joriy etmoqçiligini xabar qilgan. Ayni damda AQŞ prezidenti Yevropa davlatlariga Eron bilan hamkorlikni davom ettirişga imkon berib, bunday qadamning keskinligini yumşatişi yoki yanada kuçaytirişi noma'lum, deb aniqlik kiritdi naşr.

Eslatib ötamiz, AQŞ prezidenti Donald Tramp 8 may kuni AQŞ Eron bilan 2015 yilda tuzilgan yadroviy bitimni uzaytirişi yoki undan çiqişini e'lon qiladi.