Qirğizistonning Bişkek şahrida "Qozon-mangal" II Yevroosiyo pazandaçilik festivali bölib ötdi. Unda özbekistonlik oşpazlar oltin va kumuş medallarni qölga kiritişdi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.

Festivalda Özbekiston oşpazlar uyuşmasi (ÖOU)ning quyidagi a'zolari qatnaşişdi:

  • Nargiza Umarova – ÖOU mohir oşpazi - jamoa kapitani;
  • Ahmad Hamdamov - ÖOU mohir oşpazi;
  • Umriniso Tölaganova - ÖOU qandolatçisi;
  • Azimjon Obidjonov va Muhiddinxon Mansurov - ÖOU qoşidagi Xalqaro özbek pazandaçilik san'ati markazi bitiruvçilari.

ÖOU jamoasi professionallari Ahmad Hamdamov va Umriniso Tölaganova ğalaba uçun kuraşgan 12 professional jamoa orasida "Qora quti" nominatsiyasida oltin medal sohiblariga aylanişdi. Yana bir oltin medal "Forel" nominatsiyasida mohir oşpaz Ahmad Hamdamov tomonidan qölga kiritildi. Şuningdek u "Etnik oşxona" nominatsiyasida ham kumuş medalga munosib körildi.

Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati

ÖOU mohir qandolatçisi Umriniso Tölaganova "Desert" nominatsiyasida oltin medal sohibasiga aylandi.

ÖOU qoşidagi Xalqaro özbek pazandaçilik san'ati markazi bitiruvçilari Azimjon Obidjonov va Muhiddinxon Mansurov endigina öqişni bitirgan bölişlariga qaramay, "Qöy göştidan tayyorlangan taomlar" hamda "Özgan guruçidan tayyorlangan palov" nominatsiyasida professionallar orasida bronza medalini qölga kiritişdi.

"Qozon-mangal" II Yevroosiyo pazandaçilik festivali hakamlar hay'ati tarkibiga Özbekiston oşpazlar uyuşmasi raisi Akbar Umarov ham kiritilgan.