Isroil hukumati a'zosi Zeyev Elkinning ma'lum qilişiça, mamlakat rasmiylari Rossiya tomoni Eron yadro dasturida maxfiy jihatlar borligi böyiça razvedka ma'lumotlari bilan tanişişi uçun barça kerakli harakatlarni amalga oşirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar beryapti.

«Isroil rossiyalik tegişli mutaxassislar Eron maxfiy yadro dasturi böyiça doseda nimalar yozilganini batafsil tanişib çiqişi uçun kerakli bölgan barça qadamlarni qöydi», - deya aytib ötdi Elkin.

U Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va Rossiya prezidenti Vladimir Putin örtasidagi uçraşuvda bu ma'lumotlar muhokama qilinişi böyiça berilgan savolga javob qaytarmadi. Ikki davlat yetakçilari örtasidagi suhbat 9 may kuni bölib ötadi, şundan söng Netanyahu Ğalaba paradida iştirok etişi rejalaştirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Eron prezidenti AQŞni psixologik uruşda ayblagandi.