AQŞda mototsiklçi Kaliforniyaning Moreno-Valli şahri yaqinidagi 60 raqamli 4 yölakli şosse ustidan sakrab ötdi. Videorolik 24 yoşli mototsikl poygasi va motokross muxlisi Kayl Katsandrisning Instagram sahifasida joylaştirilgan. 

Videolavhaga qoldirilgan izohda uşbu qaltis harakatni aynan Katsandris bajargani qayd etilmagan. Biroq, YouTube sahifasidagi lavhada ijroçi aynan özi haqida söz yuritilgan. 

FoxNews telekanalining xabar qilişiça, politsiya uşbu video böyiça suriştiruv işlarini boşlab yuborgan. Agar Katsandris mototsiklni boşqargani aniqlansa, unga xavfli boşqaruv aybi ilgari surilişi mumkin.