Saudiya Arabistoni rahbariyati AQŞ prezidenti Donald Trampning Eron yadroviy bitimidan çiqiş böyiça qarorini butunlay qöllab-quvvatlaydi va ma'qullaydi. Bu haqda podşohlik TIV bayonotida aytilgan, deb xabar bermoqda Al Ekhbariya telekanali.
"Saudiya Arabistoni umid qiladiki, xalqaro hamjamiyat Eronning duşmanlik kayfiyatidagi xatti-harakatlariga qarşi kuraşda qat'iy va birdam pozitsiyani egallaydi, - deyiladi matnda. – Eron sanksiyalar bekor qilinişi tufayli ballistik raketalar işlab çiqişni rivojlantirib, terrorçilik guruhlarini qöllab-quvvatlaşi mumkin böladi". "Podşohlik Tramp e'lon qilgan qadamlarni qöllab-quvvatlaydi va ma'qullaydi, AQŞ Eron bilan yadroviy bitimdan çiqişi hamda uşbu davlatga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar joriy etişini yoqlaymiz", - deya ma'lum qilişgan taşqi siyosat idorasidan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp seşanba kuni Vaşington Eron yadro dasturi böyiça bitimdan çiqişi haqida ma'lum qildi. Bu bitim Tehronning yadro sohasidagi faolligiga BMT XK sanksiyalari bekor qilinişi evaziga çeklov qöygan. AQŞ ma'muriyati rahbarining bildirişiça, Qöşma keng kölamli harakatlar rejasi Eronga yadro bombasini çeklovlarni çetlab ötgan holda yaratiş imkonini bergan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Trampning Eron böyiça qarori neft narxiga ta'sir qilgani xabar berilgandi.


















