Toshkent shahri Shayxontohur tumani hokimi Bahodir G‘oyibnazarov uzoq yillardan buyon faoliyat yuritmay kelayotgan “Chorsu” mehmonxonasi haqida ma'lumot berdi, deb yozmoqda O‘zA.

Turk investorlari uni kapital rekonstruksiya qilishadi. Bu borada tegishli kelishuvlar amalga oshirilgan. Yaqin kunlar ichida dastlabki harakatlar boshlanadi. Mehmonxona 2019 yilgacha ishga tushirilishini aytildi.

Bir paytlar poytaxt ko‘rki hisoblangan muhtasham "Chorsu" mehmonxonasi so‘nggi 12 yilda deyarli qarovsiz holga kelib qolgan edi. Endilikda turizmni rivojlantirish, poytaxtda ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish jarayonida mazkur mehmonxona ham qaddini tiklab, sayyohlar va shahar mehmonlarining so‘lim go‘shasiga aylantiriladi.