AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan sud jarayonida Stormi Deniels manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Maykl Avenattining tvitterda yozişiça, Qöşma Ştatlar rahbari şaxsiy advokati Maykl Koen 2016 yilgi saylovlarda Tramp ğalaba qozonganidan söng 500 ming dollar olgan.

Avvalroq, Koenga nisbatan suriştiruv işlari olib borilayotgani ma'lum bölgandi. Uni bank qallobliklari va Rossiya işiga aloqadorlikda gumonlaşmoqda.

«Biz jiddiy suriştiruvdan söng şuni aniqladikki, mister Trampning advokati mister Koen prezidentlik saylovlaridan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin aloqalarga ega rus oligarxi rahbarlik qiluvçi kompaniyadan taxminan 500 ming dollar pul olgan», - deya yozdi Avenatti.

Boşqa bir tvitda esa u suriştiruv natijalari haqida qisqaça ma'lumot beruvçi hujjatni ilova qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞda Rossiyaning yadro zarbasi oqibatlari baholangandi.