Yil boshidan buyon O‘zbekistondan 269,1 million dollar yuborildi. Shu bilan birga, 28,8 million dollar so‘mda jo‘natilgan.

2017 yilning noyabrida O‘zbekistondan milliy valyutada avtomatik konversiya bilan pul o‘tkazmalarini yuborish imkoni paydo bo‘ldi. Markaziy bankning ta'kidlashicha, so‘mdagi pul o‘tkazmalarining o‘sishi kuzatilgan. Bu «aholining naqd xorijiy valyutaga bo‘lgan talabining kamayishini ko‘rsatadi».

Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, Markaziy bank tomonidan pul o‘tkazmalari to‘g‘risidagi statistik ma'lumotlar birinchi marta e'lon qilinmoqda.