Armaniston Turkiya bilan munosabatlarni dastlabki şartlarsiz yölga qöyişga tayyor, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyanning bayonotiga asosan.
«Turkiya dastlabki şartlarni ilgari surmoqda va bu mantiqan notöğri, sababi ular uçinçi davlat (Ozarboyjon – tah.) bilan munosabatlardan kelib çiqyapti. Armaniston esa Turkiya bilan munosabatlarni dastlabki şartlarsiz yölga qöyişga tayyor, biz armanlar genotsidi xalqaro tan olinişi siyosatiga sodiq bölib qolamiz», - dedi Paşinyan.
Uning sözlariga köra, bunday holat yangi genotsidlarning oldini oliş lozimligi bilan boğliq.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Paşinyanni tabriklagani xabar berilgandi.












